Jahon | 23:14 / 24.02.2018
6465
2 daqiqa o‘qiladi

Misrda prezidentlik uchun saylov kampaniyasi boshlandi

Foto: AFP

Misrda 24 fevralda mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlari oldidan saylov kampaniyasi boshlandi. Misrning saylov komissiyasi tomondan qabul qilingan jadvalga asosan kampaniya bir oyga yaqin davom etadi va saylov o‘tadigan kundan bir kun avval – 25 mart kuni yakunlanadi.

Komissiya 20-29 yanvar kunlari nomzodlarni ro‘yxatga olgan va 24 fevralda nomzodlarning yakuniy ro‘yxati e'lon qilingan. Undan bor-yo‘g‘i ikki nomzod joy olgan. Ular: amaldagi prezident Abdul Fattoh as-Sisiy va nosirchi sotsialist Hamdin Sabbahiy. 

Nomzodlar saylov kampaniyasi o‘tkazilishi vaqtida bir nechta qoidalarga amal qilishlari lozim bo‘ladi. Jumladan, raqibning shaxsiy hayoti daxlsizligiga amal qilish, tashviqot vaqtida milliy birdamlikka tahdid soluvchi harakatlar amalga oshirmaslik, diniy shiorlar yoki fuqarolarni tahqirlovchi chaqiriqlarni qo‘llamaslik lozim. 

Konstitutsiyaga ko‘ra, har bir nomzod kampaniyaga 20 mln Misr funtigacha (1 mln dan ko‘proq) mablag‘ sarflay oladi. Ushbu maqsadlarda davlat byudjyeti, davlat sektorida faoliyat yurituvchi kompaniyalar, nohukumat tashkilotlari mablag‘laridan foydalanish qat'iyan man etiladi.  

Saylovlarda ovoz berishni birinchi bo‘lib xorijdagi misrliklar boshlab berishadi. Ular 16-18 mart kunlari ovoz berishadi. Misrning o‘zida saylovlar 26-28 mart kunlari bo‘lib o‘tadi va uning natijalari 2 aprelda e'lon qilinadi. Agar nomzodlardan birortasi zaruriy miqdorda ovoz to‘play olmasa, 24-26 aprel kunlari ikkinchi bosqich bo‘lib o‘tadi va uning natijalari 1 may kuni e'lon qilinadi.  

Joriy saylov poygasining favoriti hisoblanuvchi amaldagi prezident as-Sisiy 2014 yil may oyida ilk bor prezident lavozimiga saylangan va o‘sha yilning 8 iyunidan ushbu lavozimni bajarishga kirishgan. Bu saylovlar u uchun oxirgisi bo‘ladi.

Mavzuga oid