Rahmon Tojikiston mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga chaqirdi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Dushanbedagi «Koxi Borbad»da mamlakat Qurolli kuchlari tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda chiqish qildi.
Prezidentning ishonch bildirishicha, Tojikiston Qurolli kuchlari askarlari va zobitlari Vatanga va xalqqa sadoqat to‘g‘risidagi qasamyodiga sodiq bo‘lib qoladi, mamlakatga munosib tarzda xizmat qilib, respublikaning davlat mustaqilligi yutuqlarini himoya qilishadi, deyiladi xabarda.
«Demokratik, dunyoviy va huquqiy jamiyat qurilishiga, davlat va jamiyat xavfsizligini ta'minlashga katta hissa qo‘shgan barcha harbiy bo‘linmalar shaxsiy tarkibini chin dilimdan va faxr tuyg‘usi bilan tabriklayman», - deya aytib o‘tgan Tojikiston prezidenti.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini mustahkamlash zarurligini ta'kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat mudofaa qobiliyati darajasi bevosita malakali kadrlarni tayyorlashga bog‘liq.
«Bugungi kunga qadar deyarli 5000 kishi mamlakat va boshqa ilg‘or davlatlar oliy harbiy bilim yurtlarida tahsil ko‘rdi, jumladan 600 dan inson - xorijiy mamlakatlarning harbiy akademiyalarida. Ta'kidlash joizki, Qurolli kuchlarda hozir xizmat qilayotgan zobitlarning 80 foizi harbiy institut va akademiyalar bitiruvchilaridir», - deya qayd etib o‘tdi prezident.
I.Rahmon Tojikiston xalqi, shu jumladan, milliy armiya askarlari va zobitlarini doimo hushyor bo‘lish, hamda mamlakatdagi bugungi tinchlik va barqarorlik uchun minglab tojiklar o‘zini fido etganini yodda saqlashga chaqirdi.
Mavzuga oid
12:26
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
09:24 / 02.11.2024
Qozog‘istonda o‘zini o‘zi mudofaa qilish va ko‘ngillilar tuzilmalari paydo bo‘ladi
19:32 / 31.10.2024