Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltiriladi
Mamlakatdagi harbiy qismlar va o‘quv poligonlarida 29 iyundan 2 iyulgacha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Qozog‘istonda qo‘shinlarni yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, mashg‘ulotlar 29 iyundan 2 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.
«O‘tkaziladigan tadbirlar rejali o‘quv tusiga ega hamda harbiy qismlar va o‘quv poligonlari hududida bo‘lib o‘tadi», — deyiladi xabarda.
Vazirlikning bildirishicha, ayrim yo‘llar vaqtinchalik yopilishi mumkin.
Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari va OAV vakillarini faqat rasmiy manbalarda e’lon qilingan ma’lumotlarga tayanishga chaqirgan.
Mavzuga oid
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
17:53 / 08.07.2026
Qozog‘istonda qo‘shni davlatlardan transport vositalari kirishi cheklandi
10:35 / 08.07.2026
Germaniya mudofaa uchun rekord mablag‘ ajratadi
17:54 / 07.07.2026