Lavrov O‘zbekiston xalqaro maydonda Rossiyani qo‘llab kelayotganini e'tirof etdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov tomonidan ikki vazirliklar o‘rtasida 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi Hamkorlik dasturi imzolandi.
«Biz imzolagan hujjat vazirliklarning o‘zaro hamkorligiga tizimli va rejali yondashuvni rag‘batlantiradi», degan Rossiya TIV rahbari.
Rossiyalik vazirning fikr bildirishicha, o‘tkazilgan muzokaralar Rossiya bian ko‘p tomonlama hamkorlik maksimal darajada o‘sishiga xizmat qiladi.
Rossiyalik vazir muzokaralar ikki mamlakat prezidentlari erishgan o‘zaro ishonch ruhida o‘tganini ta'kidladi. «Biz O‘zbekiston prezidentining o‘tgan yil aprelida Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirgan tashrifi vaqtida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdik», deya qo‘shimcha qilgan u.
«Biz o‘tgan yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 35 foizga o‘sib, 4 milliard dollarga yaqinlashganini ta'kidladik. Bizning muloqotimiz BMT, MDH va ShHT maydonlarida faollashdi, bu tuzilmalarda muhim masalalar borasida umumiy fikrlar va qarashlarga ega bo‘ldik», deya davom etgan Lavrov.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri «o‘zbekistonlik do‘stlar an'anaviy ravishda BMTda rossiyaliklarni qo‘llab-quvvatlashi»ni e'tirof etgan.
«O‘z navbatida biz ham hamisha O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatda taklif qiladigan g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlaymiz», deya qayd etgan rossiyalik vazirning so‘zlarini keltirgan TASS.
Mavzuga oid
15:30 / 04.11.2024
Lavrov: Zelenskiyning «rejasi» va «formulasi» Yevropani tinchlikka yaqinlashtirmaydi
12:50 / 02.11.2024
Lavrov Ukrainada urush boshlanganidan beri ilk bor Yevroittifoqqa boradi
10:30 / 02.11.2024
Lavrov Turkiyani Ukrainaga qurol yetkazib bergani uchun tanqid qildi
19:09 / 26.10.2024