Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov: Rossiya Kiyevga “tizimli zarbalar”ni boshlaydi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida Moskva Kiyevdagi obektlarga “tizimli va izchil zarbalar” berilishini ma’lum qildi.
Foto: RIA Novosti
Rossiya TIV xabariga ko‘ra, Lavrov ushbu muloqotni prezident Vladimir Putin topshirig‘i bilan o‘tkazgan. U AQSh tomoniga Kiyevdan amerikalik diplomatik xodimlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha avval berilgan tavsiyani eslatgan.
Bayonotda aytilishicha, Rossiya Qurolli kuchlari Kiyevda Ukraina armiyasi ehtiyojlari uchun foydalanilayotgan obektlar hamda “qaror qabul qilish markazlari”ga qarshi hujumlarni boshlamoqda.
Shu bilan birga, Lavrov 2025 yil avgust oyida Ankorijda AQSh taklifi bilan erishilgan kelishuvlarni ham eslab o‘tgan. Rossiya tomoniga ko‘ra, Yevropa va Kiyev mazkur kelishuvlarni izdan chiqarmoqda.
AQSh Davlat departamenti esa Rubio va Lavrov o‘rtasidagi suhbat tafsilotlarini oshkor qilmadi. Vashington faqat tomonlar Ukrainadagi urush, ikki tomonlama munosabatlar va Eron masalasini muhokama qilganini ma’lum qildi.
Avvalroq Rossiya Kiyevga ommaviy raketa va dron hujumlari uyushtirgani xabar qilingan edi. AQShning Kiyevdagi elchixonasi ham xavfsizlik bo‘yicha ogohlantirish e’lon qilib, amerikalik fuqarolarni ehtimoliy yirik havo hujumlariga tayyor turishga chaqirgan.
Mavzuga oid
09:05
Rossiyadagi vatandosh mahbuslar O‘zbekistonda jazo o‘tashni so‘radi
23:10 / 25.05.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 12 barobar oshirilishi kutilmoqda
21:06 / 25.05.2026
Putin rossiyaliklar himoyasi uchun xorijda armiyadan foydalanishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi
20:32 / 25.05.2026