Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zakalat to‘g‘risidagi notarial kelishuv tuzilayotganda – ko‘chmas mulk va avtomobilga avtomatik tarzda taqiq qo‘yiladi
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (AV tomonidan 22.02.2018 yilda 2090-17-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Norma.uz’ning yozishicha, qabul qilingan hujjatda notarius tomonidan ko‘chmas mulk va avtotransport vositasiga nisbatan zakalat to‘g‘risidagi kelishuvlar tasdiqlanganda, ularning boshqa shaxslarga o‘tkazilishiga taqiq qo‘yilishi belgilangan. Bu haqdagi ma'lumotlar «Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
Kelishuvda ko‘rsatilgan majburiyat bajarilganda yoki ushbu kelishuvni bekor qilish haqida qo‘shimcha kelishuv tasdiqlanganda mazkur taqiq muddatidan oldin bekor qilinadi.
Ushbu chora «sotuvchi» birvarakayiga bir qancha fuqarodan zakalat olib, keyin turli bahonalar bilan pulni qaytarishdan bosh tortadigan hayotda uchrab turadigan firibgarlikdan xaridorlarni ehtiyot qilish imkonini beradi. Shuningdek pullar ikki baravar miqdorda qaytarilmaydigan hollar ham uchrab turadi.
Qayd etish kerakki, FKning 312-moddasiga ko‘ra agar shartnomaning bajarilmasligi uchun zakalat puli bergan taraf javobgar bo‘lsa, zakalat ikkinchi tarafda qoladi. Agar shartnomaning bajarilmasligi uchun zakalat olgan taraf javobgar bo‘lsa, u ikkinchi tarafga zakalatni ikki baravar qilib qaytarishi shart.
Hujjat 22.02.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
08:25 / 14.05.2026
Dunyoda qaysi avtomobil brendlari yetakchilik qilmoqda?
07:25 / 08.05.2026
Ko‘chmas mulk xaridorlarini avvalgi egasining qarzidan himoya qilish taklif etildi
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
15:07 / 08.12.2025