Qömitaning ta’kidlaşiça, fuqaro köçmas mulk sotib olganida sobiq mulkdorga tegişli bölgan kommunal xizmat qarzlarni uning zimmasiga yuklaş «Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunining 21-moddasiga nomuvofiq hisoblanadi. Unga köra, şartnomada iste’molçi huquqlarini çeklovçi har qanday şartlar noqonuniy deb topilişi belgilangan.

Qömita Samarqand viloyatida yaşovçi fuqaroning murojaatini misol qilib keltirdi. U uy sotib olayotgan vaqtda «Notarius» tizimi obektda qarzdorlik mavjudligini körsatmagan. Biroq keyinçalik «Samarqand suv ta’minoti» korxonasi yangi mulkdorga uyning avvalgi egasidan qolgan 13 mln söm miqdoridagi qarzni hisoblagan. Qayta tekşiruv davomida ma’lum bölişiça, mazkur qarzdorlik suv ta’minoti korxonasining sobiq xodimi billing tizimiga ma’lumotlarni kiritişda xatoga yöl qöygani sababli yuzaga kelgan. Raqobat qömitasining aralaşuvidan söng fuqaroning huquqlari tiklanib, asossiz hisoblangan qarz bekor qilingan.

Qömita bitimlarni notarial rasmiylaştirişdan oldin «Notarius» tizimi orqali kommunal xizmatlar va soliqlardan qarzdorlik, şuningdek, mulkka qöyilgan taqiqlar majburiy tartibda tekşirilişini eslatib ötdi. Bitimni rasmiylaştirişga faqat qarz mavjud bölmagan taqdirda yöl qöyiladi.

Idora ma’lumotlariga köra, muammolar aksariyat hollarda inson omili — billing tizimiga ma’lumot kiritişdagi xatoliklar, elektron tizimlardagi ma’lumotlarning öz vaqtida yangilanmasligi hamda şartnomalarga qonunçilikka zid bandlarning kiritilişi sababli yuzaga kelmoqda.

Qömita kommunal taşkilotlar öz billing tizimlaridagi ma’lumotlarning haqqoniyligi uçun javobgar ekanini va ularni idoralararo elektron tizimlarga öz vaqtida uzatişi şartligini ta’kidladi.