Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi bir o‘yinda ikki rekord o‘rnatdi
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 25-turida «Jirona»ga qarshi kechgan o‘yinning 5-daqiqasida Luis Suaresni golli pas bilan ta'minladi.
Bu orqali, argentinalik futbolchi Primera o‘yinlaridagi golli paslari sonini 148taga yetkazdi va turnir tarixidagi eng yaxshi assistentga aylanib oldi. Messi bu natijasi bilan «Real»ning sobiq futbolchisi Michelni (147ta golli pas) ortda qoldirdi.
Qayd etish kerakki, Messi Primera tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanib bo‘lgan. Ayni vaqtda 30 yoshda bo‘lgan futbolchi chempionat o‘yinlarida 371 gol urishga ulgurgan.
U «Jirona»ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi. Shu tariqa, argentinalik futbolchi Primeraning yangi rekordini o‘rnatdi, u chempionat o‘yinlarida turli mavsumlarda 36ta jamoaga gol urgan futbolchiga aylandi.
Messi bu borada «Real»ning sobiq hujumchisi Raul va «Atletik» forvardi Arits Adurisni ortda qoldirdi, bu hujumchilar Ispaniya chempionati doirasidagi o‘yinlarda 35tadan jamoa darvozasini ishg‘ol etishgandi.
Mavzuga oid
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
18:02 / 12.03.2026