Sport | 07:55 / 25.02.2018
11821
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik sportchilarga Olimpiadaning yopilishida o‘z bayroqlari ostida yurib o‘tish taqiqlandi

Foto: AFP 2018/ FRANCK FIFE / POOL

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi rossiyalik olimpiyachilarga Pyongchangdagi Olimpiadaning yopilish marosimida Rossiya bayrog‘i ostida yurib o‘tishni taqiqladi. Olimpiada o‘yinlari bugun, 25 fevralda yopiladi. Insidethegames.biz’ning ma'lum qilishicha, bunday qarorga ko‘p soatlik muzokaralar va muhokamalardan keyin kelingan.

O‘yinlar yakunlangandan keyin Rossiya Olimpiya qo‘mitasining huquqlari tiklanishi kutilmoqda.

2017 yil 5 dekabrda Rossiya Olimpiya qo‘mitasining XOQdagi a'zoligi noma'lum muddatga to‘xtatilgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid