Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya kurdlar partiyasi rahbari Turkiya so‘rovi bilan Chexiyada qo‘lga olindi
Suriyadagi kurdlarning «Demokratik ittifoq» (PYD) partiyasi yetakchisi Solih Muslim Muhammad Pragada qo‘lga olindi. Reuters agentligi kurdlarning siyosiy koalitsiyasiga asoslangan holda xabar tarqatishicha, u Turkiya so‘rovi bilan qo‘lga olingan.
Muslim Muhammad Suriya shimolidagi avtonomiyani boshqaruvchi «Demokratik ittifoq» partiyasi hamraisi hisoblanadi. Turkiya tomoni bu partiyani ayni vaqtda Afrinda turklarga qarshi kurash olib borayotgan o‘zini o‘zi mudofaa qilish xalq otryadlari (YPG) bilan ittifoqchi sanaydi.
Bundan oldinroq Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi Suriyadagi amaliyot boshlanganidan beri ikki mingga yaqin jangari yo‘q qilganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026