Fan-texnika | 21:10 / 25.02.2018
9710
2 daqiqa o‘qiladi

Toyota va Hyundai 110 mingtaga yaqin mashinasini qaytarib olmoqda

Yaponiyaning Toyota va Janubiy Koreyaning Hyundai avtomobilsozlik kompaniyalari ba'zi mashinalarida aniqlangan nosozliklar tufayli Shimoliy Amerikadan umumiy hisobda 110 mingtaga yaqin mashinasini qaytarib olmoqda. Bu haqda The Associated Press axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, yapon kompaniyasi 65 mingtaga yaqin Tundra modelidagi pikap va Sequoia yo‘ltanlamaslarini qaytarib olishini e'lon qilgan. Bu mashinalarda nosozlik tufayli barqarorlikni nazorat qilish elektron tizimi harakatlanish vaqtida o‘chib qolishi mumkin.

Foto: Toyota Tundra

Hyundai ham rul chambari bilan bog‘liq muammo sababli 44 mingta Santa Fe krossoverini qaytarib olishini ma'lum qilgan. U ishonchli mahkamlanmagan va rul kolonkasidan ajralib chiqishi mumkin.

Foto: Hyundai Santa Fe

Mashinalar rasman mart oyidan qaytarib olina boshlanadi. Kompaniyalarga ushbu nosozliklar tufayli yo‘l-transport hodisalari yuz bergan-bermagani haqida hech narsa ma'lum emas. Ta'kidlanishicha, barcha nosozliklar bepul bartaraf etib beriladi.

Mavzuga oid