Video: Dunyodagi eng katta teleskop uchun 200 million dollarli oynaning tayyorlanish jarayoni
Amerikaning IEEE Spectrum elektrotexnika va elektronika muhandislari instituti yanvar oyi boshida Ulkan Magellan teleskopi uchun oyna ishlab chiqarayotgan Arizona shtati universiteti laboratoriyasida bo‘ldi. Reddit foydalanuvchilari rolikka e'tibor qaratishdi.
Laboratoriya jamoasi teleskop oynasi ishlab chiqarishning birinchi bosqichiga 2005 yildayoq start bergan. Tadqiqotchilar 2025 yilga borib konstruksiya qurilish ishlarining yakunlanishini kutishmoqda. Shundan so‘ng u dunyodagi eng yirik teleskopga aylanadi. Loyiha ishlab chiqaruvchilari g‘oyasiga ko‘ra, yettita 8.4 metrli oyna birlashtirilib, 24.5 metrli oynali teleskop hosil qiladi - bu Xabbl kosmik teleskopidan 10 karra ko‘p demakdir.
Har bir oynani ishlab chiqarish 20 million dollarga tushadi va ikki yildan ortiq vaqt oladi. Mutaxassislar avval 17 tonna maxsus shishaga buyurtma berishadi va uni kamchiliklardan xoli ekanligini tekshirishadi. So‘ngra shisha uchun qolip vazifasini o‘tovchi 15 metr diametrli keramik konstruksiya qurishadi. Shisha sekin-asta eritiladi va parabolik shakl yaratish uchun uzluksiz ravishda pechda aylantiriladi, so‘ngra uch oy davomida sovutiladi.
Sovutish jarayonidan keyin massiv texnika oynani ko‘taradi va uni vertikal holatga keltiradi. Muhandislar old yuzasini shakllantirish va silliq holatga keltirish uchun oynani ko‘chirib o‘tkazishadi — jarayon 18 oycha vaqt oladi. U bunga parallel ravishda to‘rt optik testdan o‘tadi, ularning ba'zilari shu loyiha uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Oynalar ustidagi ishlar tugallangandan keyin ularni And (Chili)ga olib borishadi va teleskopni tog‘ cho‘qqisiga o‘rnatishadi,
Mavzuga oid
15:32 / 06.07.2024
Deyarli kitob hajmida – ixcham Dwarf 3 teleskopi taqdim etildi
07:43 / 27.04.2024
O‘zganing sir saqlanishi lozim bo‘lgan videolarini tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan ayol ushlandi
16:21 / 08.06.2023
«Jyeyms Uebb» teleskopi koinotdagi eng uzoq «qurum bulutini» aniqladi
12:54 / 16.05.2023