Quriliş oynalari uçun utilizatsiya yiğimi joriy etiladi. Bu haqdagi tegişli qonun loyihasi senat tomonidan ma’qullandi.

 «Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida»gi va «Çiqindilar töğrisida»gi qonunlarga özgartirişlar kiritilyapti.

Jumladan, quriliş oynalaridan foydalaniş jarayonida hosil böladigan çiqindilarni qayta işlaş xarajatlarini qoplaş uçun utilizatsiya yiğimi joriy etiladi.

Senatorlar qonunning qabul qilinişi quriliş oynasi sanoatini rivojlantiriş va ekologik xavfsizlikni ta’minlaşga xizmat qilişini ta’kidladi. Bu çora atrof-muhit hamda fuqarolar soğliğini himoya qiliş va çiqindilarni qayta işlaş tizimini rivojlantirişga qaratilgani qayd etilgan.

Mazkur qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.