O‘zbekiston | 18:00 / 26.02.2018
8719
3 daqiqa o‘qiladi

Paxtaobod tumani maktabgacha ta'lim bo‘limiga 12 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi

Paxtaobod tumani maktabgacha ta'lim bo‘limiga 2018 yilda byudjyetini rejalashtirishda adolatlilik, oshkoralik va shaffoflik prinsiplariga rioya qilinmoqda. Jumladan, 26ta maktabgacha ta'lim muassasalarida 171ta guruhda jami 2995 nafar bola ta'lim tarbiya oladi. Ushbu muassasalarda ishlovchi barcha xodimlarning bir oylik ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun 716 mln so‘mdan ortiq byudjyet mablag‘lari ajratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454- sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan 2018 yil uchun maktabgacha ta'lim muassasalariga jami 11 mlrd 808 mln 890 ming so‘m, shundan ish xaqi xarajatlariga 7 mlrd 687 mln 112 ming so‘m, ish haqidan ajratmalar uchun 1 mlrd 921 mln 778 ming so‘m va boshqa xarajatlarga 2 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.

Davlat byudjyeti parametrlariga muvofiq byudjyetdan ajratiladigan mablag‘larni taqsimlashda xalqimiz uchun ochiq, adolatli, oshkora va shaffoflikni ta'minlash uchun 2018 yilda maktabgacha ta'lim muassasalariga dori-darmon xarajatlariga har bir tarbiyalanuvchiga 3600 so‘mdan jami 10 mln 782 ming so‘m, choyshab-g‘iloflarni sotib olish xarajatlariga har bir tarbiyalanuvchiga 38 ming so‘mdan  jami 113 mln 810 ming so‘m, oziq-ovqat xarajatlariga 2995 nafar tarbiyalanuvchidan ushbu muassasada bo‘lish vaqtidan hamda amaldagi SanPiN me'yorlaridan kelib chiqib  1 mlrd 148 mln so‘m mablag‘lar moliyalashtirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 maydagi PQ-3012-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, tasdiqlangan manzilli dasturga asosan maktabgacha ta'lim muassasalarida energiya tejash tadbirlari doirasida samarador isitish qozonlariga almashtirish xarajatlariga 9-maktabgacha ta'lim muassasasiga 80 mln so‘m, 10-maktabgacha ta'lim muassasasiga 80 mln so‘m, 15-maktabgacha ta'lim muassasasiga 80 mln so‘m, 21-maktabgacha ta'lim muassasasiga 75 mln so‘m, 27-maktabgacha ta'lim muassasasiga 135 mln so‘m, jami 450 mln so‘m  mablag‘lar yo‘naltirilgan.

Shuningdek, tasdiqlangan manzilli dastur asosida joriy ta'mirlash maqsadlari uchun 12-maktabgacha ta'lim muassasasiga 50 mln so‘m, 18-maktabgacha ta'lim muassasasiga 200 mln so‘m, jami 250 mln so‘m mablag‘lar ajratildi.

Mavzuga oid