Paxtaobod tumanida Ucell xodimi kompaniyaning katta miqdordagi pulini onlayn birjada yutqazib qöydi. Unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi sudda körib çiqilib, hukm öqildi.
Kun.uz tanişgan hukmda keltirilişiça, 1999 yilda tuğilgan A.I. Ucell kompaniyasining Paxtaobod tumani filialida katta sotuvçi vazifasida işlagan. Yigit 2023 yilning oktyabr oyida kompaniya tomonidan mijozlarga tölovlar uçun ötkazilgan 198 mln 900 ming söm pulni Paynet ilovasidan foydalanib, özining nomidagi bank plastik kartasiga ötkazib olgan. Söngra uşbu mablağni Bitcoin oldi-sotdisi uçun Binance kriptovaluta birjasiga tikib yuborgan.
A.I. 2023 yil noyabr oyida şu usulda kompaniyaning 249 mln 907 ming söm mablağini öz bank kartasiga ötkazib, yana onlayn birjaga tikkan. Ammo uning omadi kelmagan va kompaniyaning jami 448 mln sömdan ortiq pulini yutqazib qöygan.
Sudda A.I. aybiga iqror bölib, yetkazilgan zararni qoplaganini, qilgan işidan puşaymonligini aytgan va öziga nisbatan qonuniy yengillik berişni söragan.
Sud qarori bilan A.I. Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandida körsatilgan jinoyatni (juda köp miqdorda özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 1 yil davlat hamda davlat uluşi iştirokidagi korxonalarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda işlaş huquqidan mahrum qilib, har oylik iş haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.











