Favqulodda vaziyatlar vaziri örinbosari Azizbek Latifjonov Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Azizbek Rahimoviç Latifjonov 1977 yilda Andijon viloyati Izboskan tumanida tuğilgan. 1999 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini, 2000 yilda Özbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 1994 yilda «Özbekiston sanoat-quriliş banki» oçiq aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati bölimi pul almaştiriş şoxobçasi kassiri vazifasidan boşlagan. Turli yillarda bank sohasida faoliyat körsatgan, 2007 yildan Moliya vazirligi tizimida işlay boşlagan.
2007-2011 yillarda Moliya vazirligi Investitsiyalar boşqarmasi hududiy kapital quriliş dasturlarini moliyaviy tartibga soliş bölimi boşliği, 2011-2015 yillarda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi investitsiyalar boşqarmasi boşliği örinbosari–hududiy kapital quriliş dasturlarini moliyaviy tartibga soliş bölimi boşliği, 2015-2017 yillarda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi investitsiyalar boşqarmasi boşliği vazifasida faoliyat körsatgan.
Azizbek Latifjonov 2017 yil oktyabrida Özbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining moddiy-texnika va moliya-iqtisodiyot böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Paxtaobod tumaniga 2022 yil fevralidan buyon Elyorbek Usmonov rahbarlik qilib kelayotgandi.

U şu yil sentabrida prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov rahbarligidagi yiğilişda rahbarlik etikasi qoidalariga rioya etmagani, xizmat vakolatidan çetga çiqib qonunbuziliş holatlariga yöl qöygani uçun işdan olingandi.












