Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiyada birinchi marta jurnalist o‘ldirib ketildi
Slovakiyada jurnalist-surishtiruvchi Yan Kuchak jasadi topildi. Ma'lum qilinishicha, jurnalist Velka Macha aholi punktidagi uyida rafiqasi bilan birga otib ketilgan.
Qotillik 22 va 25 fevral kunlari oralig‘ida yuz bergan. Politsiya 27 yoshli Kuchak va rafiqasining jasadlarini ularning yaqinlari aloqaga chiqmayotganlarini ma'lum qilganlaridan keyin aniqlagan.
Slovakiya prezidenti Andrey Kiska qotillikni zudlik bilan tergov qilishni talab qilgan. Bosh vazir Robert Fitso ushbu qotillikni mamlakatdagi so‘z erkinligi va demokratiyaga misli ko‘rilmagan hujum deb atagan.
Kuchak Slovakiya tarixida o‘ldirilgan birinchi jurnalist bo‘ldi. U Aktuality.sk nashrida ishlagan va soliqdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq tergovlar bilan shug‘ullangan. Politsiyaning taxminicha, jurnalistning o‘ldirilishi uning kasbi bilan bog‘langan.
Kuchak 2017 yilda politsiyaga slovakiyalik tadbirkor tomondan tahdidlarga uchrayotganidan shikoyat qilgan, keyinroq esa politsiya hech qanday chora ko‘rmaganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
12:20 / 28.02.2026
“Drujba” atrofidagi bahs: Zelenskiy Fitsoni Kiyevga taklif qildi
11:05 / 26.02.2026