Sport | 02:16 / 01.03.2018
5051
3 daqiqa o‘qiladi

La Liga. "Atletik" – "Valensiya" o‘yinida g‘olib aniqlanmadi, "Sevilya" safarda g‘alaba qozondi

Foto: Twitter/ValenciaCF

Ispaniya chemionati 26-turining navbatdagi o‘yinlari o‘tkazildi. 

"Atletik Bilbao" o‘z maydonida "Valensiya"ni qabul qilib, 1:1 hisobidagi durang qayd etdi. 

23-daqiqada Kondogbia mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, mezbonlarning javob goli 49-daqiqada De Markos tomonidan kiritildi. 

"Sevilya" "Malaga" uyida mehmon bo‘lib, kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindagi yagona gol 15-daqiqada Korrea tomonidan kiritildi. 

"Xetafe" o‘z maydonida "Deportivo"ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Mezbonlar tarkibida Anxel va Molina 1tadan gol urgan bo‘lsa, yana bir golni mehmonlar o‘yinchisi Boveda o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. 

Atletik – Valensiya 1:1 (0:1, 1:0)

Gollar: 0:1 – 23 Kondogbia, 1:1 – 49 De Markos.
Atletik – Arrisabalaga, Nunes, Saborit, De Markos, Martines, Benyat, San Xose, Raul Garsiya (Inigo Lekue, 77), Susayeta (Inyaki Uilyams, 63), Kordoba, Aduris.
Valensiya – Neto, Murilo, Gayya, Ruben Vezu, Gabriel, Koklen, Parexo, Kondogbia, Ferran Torres (Gonsalu Gedesh, 75), Vetto (Rodrigo, 71), Dzadza (Soler, 83).
Ogohlantirishlar: Dzadza (20), Kordoba (29), Murilo (69).

Malaga – Sevilya 0:1 (0:1, 0:0)

Gol: 0:1 – 15 Korrea.
Malaga – Roberto, Ernandes, Diyego Gonsales (Samu, 84), Rosales, Mikel, Lasen, Iturra, Chori Kastro, Saksess (En-Nesiri, 34), Rolan, Ideyye (Bueno, 76).
Sevilya – Riko, Langle, Arana, Layyun, Ker, Pisarro, Banega, Korrea (Vaskes, 63), Sarabiya, Nolito (Gays, 88), Ben-Yyedder (Sandro Ramires, 78).
Ogohlantirishlar: Layyun (12), Ideyye (44), Rosales (65), Sarabiya (67).

Xetafe – Deportivo 3:0 (2:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 40 Anxel, 2:0 – 44, avtogol Boveda, 3:0 – 82 Molina.
Xetafe – Martines, Bruno Gonsales, Antunesh, Suares, Dakonam, Portilo, Mora (Sibasaki, 64), Arambarri, Dediu (Ndokit, 85), Anxel (Remi, 75), Molina.
Deportivo – Martines, Sher, Luizinyu, Xuanfran, Boveda, Kron-Deli (Borxes, 46), Muntari (Andone, 63), Moskera, Bakkali (Kartabiya, 77), Peres, Adrian.
Ogohlantirishlar: Luizinyu (20), Mora (25), Kron-Deli (34), Dediu (50), Moskera (57), Boveda (88).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid