Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 29 yoshli erkak do‘stini 8 ming dollarga chuv tushirib ketdi
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda IIV axborot xizmati.
Qayd etilishicha, Shayxontoxur tumanida 10 fevral kuni tushgan xabarga ko‘ra, 2017 yil 22 dekabr kuni Erkin tor ko‘chasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan O.Ya. Tinchlik ko‘chasida joylashgan “Tinchlik” supermarketi oldida Nurobod ko‘chasida yashovchi U.U.ning aldash yo‘li orqali ishonchiga kirib, tijorati uchun 8200 AQSh dollari zarurligi va 2017 yil 23 dekabr kuni olgan pullarini qaytarib berishini aytib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.
Ta'kidlanishicha, O.Ya.ni ushlash choralari ko‘rilgan.
Mavzuga oid
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:44 / 26.02.2026
UXX ikki yuqori lavozimli harbiyni “jinoyat ustida” ushladi
20:43 / 03.02.2026