Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston temir yo‘llari» ham Navro‘z bayrami munosabati bilan chegirmalar joriy qildi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmonida belgilab berilgan vazifalarni ijrosini ta'minlash maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Navro‘z bayramini nishonlash kunlarida yo‘lovchilar uchun bir qator qulayliklar yaratildi, deb xabar bermoqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot xizmati.
Qayd etilishicha, fuqarolarning davlat rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘laqonli dam olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va dam olish, bayram kunlaridan oqilona foydalanishi shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida, joriy yil 18 martdan 22 martgacha bo‘lgan kunlarida mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarda (shu jumladan, yuqori harakatlanayotgan «Afrosiyob» poyezdlarida) oilaviy, jamoa, talabalar, o‘quvchilar hamda nafaqadagilar uchun yo‘l chiptasining tarif qismidan 50 foizgacha chegirma joriy qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navro‘z bayrami kunlarida “O‘zbekiston havo yo‘llari” ichki reyslarida uchish arzonlashishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:36 / 21.03.2026
Bir guruh hatayliklar Navro‘zni O‘zbekistonda nishonlamoqda
14:19 / 21.03.2026
Navro‘z konsertida Amir Temur haqida kompozitsiya qo‘yildi
10:15 / 21.03.2026
Shavkat Mirziyoyev xalqni birdamlik va bunyodkorlikka chaqirdi
10:13 / 21.03.2026