“Özbekiston havo yöllari” milliy aviakompaniyasi Navröz bayrami kunlarida barça içki reyslarga çegirmalar joriy qildi.
Ta'kidlanişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida”gi Farmoniga muvofiq, Navröz bayrami munosabati bilan 2018 yilning 18-22 mart kunlari “Özbekiston havo yöllari” MAK direksiyasi tomonidan barça içki reyslarga çegirmalar tizimi işlab çiqilgan, deb yozmoqda ÖzA.
Unga köra, 18, 19, 20, 21 va 22 mart kunlari mahalliy reyslarga quyidagiça çegirmalar tizimi amal qiladi:
individual yölovçilarga – 30 foiz;
sayyohlik guruhlari, maktab, litsey va kollej öquvçilari, oliy öquv yurtlari talabalariga – 40 foiz;
2 yoşdan 12 yoşgaça bölgan farzandlari bölgan ota-onalarga – 50 foiz.












