Eksport qilishda “Qishloqqurilishbank” xizmatlaridan foydalaning!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tadbirkorlar tomonidan tovar (ish, xizmatlar) eksportini amalga oshirish jarayonlari soddalashtirildi.
2017 yil 1 dekabrdan boshlab tadbirkorlik sub'yektlariga tovarlarni (maxsus tovarlardan tashqari), ishlar va xizmatlarni eksport shartnomalari tuzmasdan, invoyslar asosida, eksport qiluvchilarning O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisobraqamlariga oldindan to‘lov 100 foiz tushgandan so‘ng va Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga ma'lumotlarni kiritish sharti bilan eksport qilish huquqi berildi.Bu chora-tadbirlar amalda tadbirkorlik sub'yektlarining eksport salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga va mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshliligini oshirishga xizmat qilmoqda.
“Qishloqqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki ham bu jarayonda faol ishtirok etishga intilmoqda. Bank tizimida O‘zbekiston banklari ichida birinchilardan bo‘lib avtomatik bank tizimini takomillashtirish va mijozlarga tezkor xizmat ko‘rsatish borasidagi yangiliklar amaliyotga tatbiq etildi.
Barcha eksport qiluvchi korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sub'yektlariga“Qishloqqurilishbank”ning respublikamiz hududlarida joylashgan keng filiallar tarmog‘i orqali xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
Bunda yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz mahsulotlari, dukkaklilar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni eksport qilishga qonun hujjatlariga muvofiq alohida talablar belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra:
- yetkazib berish summasi eksport bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish kunida 20000 AQSh dollari ekvivalentidan oshmasligi;
- O‘zbekiston Respublikasining vakolatli tijorat banklaridagi hisobvaraqlarga O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan xorijiy valyutada, shu jumladan, bank o‘tkazmalari, xalqaro bank kartalari orqali to‘lovlar, shuningdek, tijorat banklarining ayirboshlash shoxobchalarida sotib olingan milliy valyutadagi naqd pul mablag‘larini kiritish shaklida 100 foizlik oldindan to‘lov olish;
- Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga eksportga yetkazib berish haqidagi ma'lumotlarni kiritish lozim.
“Qishloqqurilishbank” – farovon hayotingiz xizmatida!
Qo‘shimcha ma'lumot uchun:
(+99871) 150-93-39, 150-76-58, www.qqb.uz
Bank axborot xizmati
Xizmatlar litsenziyalangan
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
13:13
Germaniya O‘zbekistonga 1 mlrd yevrodan ortiq qiymatda mahsulotlar eksport qildi
15:20 / 14.11.2024
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
12:50 / 04.11.2024
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari Mo‘g‘ulistonga eksport qilinadi
09:40 / 23.10.2024