Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda avtobusdan Tojikistonning 52 fuqarosi evakuatsiya qilindi
Foto:dchs.akmol.kz
Qozog‘istonning Aqmo‘la viloyatida Rossiyaga ketayotan avtobusdan 52 kishi, jumladan 2 bola evakuatsiya qilingan. Avtobus yo‘lda buzilib qolgan, deb xabar berdi viloyatning favqulodda vaziyatlar departamenti.
“2018 yil 2 mart kuni Ostona-Petropavlovsk avtomobil yo‘lining 140-kmida, Bulandin tumani Alako‘l qishlog‘i yaqinida Merke-Yekaterinburg yo‘nalishi bo‘yicha ketayotgan Van Hool markasidagi yo‘lovchi avtobusi buzilib qolgan. Tuman favqulodda vaziyat bo‘limi va mahalliy hokimiyat idoralari xodimlari tomonidan nosoz avtobusdan 54 yo‘lovchi evakuatsiya qilingan va isinish punktiga joylashtirilgan. Ulardan 52 nafari Tojikiston fuqarosi, bir nafari Rossiya fuqarosi va avtobus haydovchilari – ikki nafar Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan”, deyilgan xabarda.
Ma'lum qilinishicha, evakuatsiya qilinganlarning holati qoniqarli, ular tibbiy yordamga muhtoj emaslar.
“Ayni vaqtda avtobus ta'mirlash uchun issiq boksga yetkazilgan. Avariya-qutqaruv ishlarini o‘tkazish uchun ikkita texnika va 4 kishi jalb qilingan”, deb qo‘shimcha qilingan departamentda.
Mavzuga oid
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
12:57 / 05.01.2026
Navoiyda avtobus YTHga uchradi. 2 kishi halok bo‘ldi
09:16 / 31.12.2025
Olis hududlardagi 715 maktab o‘quvchilariga bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi
14:14 / 28.12.2025