O‘zbekiston | 19:40 / 02.03.2018
6816
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Navoiy” EIZda kompozit plitalar va arxitektura qurilmalari ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion korxona ishga tushiriladi

Foto: GAZGAN MARBLE GROUP

Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarni vujudga keltirish, ushbu hududlarga xorijiy hamda mahalliy investitsiyalarni jalb etish imkonini beradigan soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalangan xolda zamonaviy, yuqori texnologik, birinchi navbatda import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqaradigan loyihalarni amalga oshirishga asosiy e'tibor qaratilmoqda.

Bunda Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 25 oktabrda qabul qilingan "Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qaror muhim huquqiy asos bo‘lmoqda.

Ushbu loyihalardan biri marmar, granit va kompozit tosh mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “GAZGAN MARBLE GROUP” xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaning innovatsion loyihasidir.

Ushbu loyiha O‘zsanoatqurilishbankning xorijiy hamkor banklari mablag‘larini jalb qilgan holda 23 mln. dollar kredit mablag‘lari ko‘magida amalga oshirilishi natijasida Navoiy viloyatida eksportbop va import o‘rnini bosuvchi tayyor mahsulot ishlab chiqariladi.

Foto: GAZGAN MARBLE GROUP

Loyihaning afzallik tomonlari shundaki, dunyoda ushbu sohada yetakchi hisoblangan Italiyaning “Breton S.P.A” kompaniyasi innovatsion texnologiyasi asosida tosh chiqindilaridan ekologiyaga zarar yetkazmaydigan kompozit tosh va arxitektura qurilmalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

“O‘zsanoatqurilishbank”ning ushbu moliyaviy hamkorligi evaziga Navoiy viloyatining 300 nafar yosh yigit-qizlari uchun yangi ish o‘rinlari yaratilishi bilan birga, yiliga 300 ming kv.m ichki va tashqi bozorda yuqori talabga ega zamonaviy bezaklovchi qurilish materiallari ishlab chiqaradigan innovatsion kompleks yaratiladi. 

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid