O‘zbekiston | 17:50 / 02.03.2018
10976
1 daqiqa o‘qiladi
«O‘zbekiston pochtasi» yangi tariflarni amalga kirityapti
“O‘zbekiston pochtasi” AJ Moliya vazirligi bilan kelishuvga asosan 2018 yil 15 martdan boshlab pochta aloqasining universal xizmatlariga yangi tariflar belgilanadi.
“Xalq so‘zi”ning yozishicha, 20 grammgacha bo‘lgan pochta jo‘natmalari O‘zbekiston Respublikasi hududi ichida jo‘natish uchun quyidagi tariflar o‘rnatilgan:
• Oddiy xat-xabarlar – 650 so‘m.
• Buyurtmali xat-xabarlar – 1300 so‘m.
• Oddiy banderol – 650 so‘m.
• Oddiy mayda paket (100 grammgacha) – 800 so‘m.
Pochta aloqasi tariflari va xizmatlarining to‘liq ro‘yxati barcha pochta aloqasi korxonalarida, bo‘limlarida va “O‘zbekiston pochtasi” AJ rasmiy saytida mavjud.
Mavzuga oid
08:50 / 12.10.2024
«2025 yilda energotariflar islohotining asosiy bosqichi yakunlanadi» - bosh vazir o‘rinbosari
14:01 / 20.08.2024
Yuridik shaxslarning limitdan tashqari elektr va gaz iste’moli uchun tarif pasaytiriladi
07:51 / 07.03.2024
Toshkentdan qatnovchi shaharlararo elektropoyezdlar uchun yagona tarif belgilandi
10:18 / 18.12.2023