Hukumatning tegişli qarori loyihasida mobil aloqa xizmatlarini litsenziyalaş tartibiga qöşimçalar kiritiş taklif etilgan. Unga muvofiq, operatorlar tomonidan faqat telefon qönğiroqlari uçun daqiqalar va yoki SMS-xabarnomalardan iborat alohida tarif rejalari ham mavjud bölişi kerak.

Loyihada yana bir muhim talab sifatida tarif rejalari nomlarini ularning şartlariga boğlab nomlaşga yöl qöymaslik belgilanmoqda. Ya’ni tarif nomi abonent tölovi, internet trafigi, qönğiroq daqiqalari yoki SMS sonini bevosita ifoda etmasligi lozim böladi.

Hujjat qabul qilingan taqdirda, Raqamli texnologiyalar vazirligi va tegişli idoralar ikki oy muddatda öz normativ-huquqiy hujjatlarini uşbu talablarga moslaştirişi kerak böladi.

Loyihaga köra, qaror rasmiy e’lon qilinganidan söng uç oy ötgaç kuçga kiradi. Uning ijrosini nazorat qiliş esa Raqamli texnologiyalar vaziri zimmasiga yuklatilişi rejalaştirilgan.

Mazkur özgarişlar mobil aloqa xizmatlarining şaffofligini oşiriş va abonentlar uçun yanada tuşunarli hamda qulay tariflarni şakllantirişga xizmat qilişi kutilmoqda.