Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda dunyodagi eng qimmat bolalar karavoti sotuvga qo‘yiladi
Dubaydagi Butunjahon savdo markazida 26-29 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan interer dizayni ko‘rgazmasida dunyodagi eng qimmat bolalar karavoti taqdim qilinadi.
Sotuvga qo‘yiladigan bu karavotning narxi 220 ming dirhamni (60 ming dollar) tashkil qiladi.
Karavotni ishlab chiqargan kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, karavot 24 karatli oltin bilan qoplangan va Swarovski toshlari bilan bezalgan. Ushbu kompaniya shuningdek yaxtalar ham ishlab chiqaradi.
Luulu deb nomlangan bu karavotning narxi Burj-Halifa osmono‘par binosidagi 3 xonali kvartiraning bir yillik ijara pulidan ko‘proqni tashkil qilsa-da, dizaynerlarning aytishicha, o‘z farzandlariga bu hashamatli karavotni sotib olishga tayyor bo‘lgan oilalar turnaqator navbati yuzaga kelgan.
“Bu bolalar karavoti bola o‘zini go‘yoki ona qornida his qiladigandek qilib yaratilgan. Bu lyuks sinfidagi mebel buyumi bo‘lib, eng nozik didli interer uchun bezak bo‘lib xizmat qiladi”, deb aytganlar polshalik dizaynerlar Marta Bulazka va Darius Panchjuk.
Mavzuga oid
18:53 / 28.06.2026
Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026