Jahon | 09:39 / 03.03.2018
19642
1 daqiqa o‘qiladi

Keniyalik shifokorlar adashib boshqa bemorning miyasini operatsiya qilishdi

Foto: AFP

Keniyadagi shifoxonada jarrohlar belgilangan bemor o‘rniga boshqa bemor miyasida operatsiya o‘tkazishdi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda. 

Jarrohlik stoliga shifoxonaga shish bilan tushib, jarrohlik operatsiyasiga ehtiyoj sezmagan kishi yotqazilgan. Uni miyasida tromb aniqlangan bemor deb qabul qilishgan. Shifokorlar bemorni bir necha soat davomida operatsiya qilib, trombni aniqlay olishmagach, xato qilganlarini tushunib yetishgan.

Shifoxona rahbariyatining ta'kidlashicha, operatsiya qilingan bemor sog‘aymoqda. Miyasida tromb aniqlangan bemorning sog‘lig‘i ham yaxshilanmoqda va ehtimol, unga endi operatsiya ham kerak bo‘lmasligi mumkin.

Ushbu voqeadan keyin neyrojarroh, anesteziolog va ikki nafar hamshira vaqtinchalik o‘z ishidan chetlatilgan. Shifokorlar kasaba uyushmasi xatolikda ayblangan tibbiy xodimlarning yonini oldi. Uyushmada chalkashlik tibbiy xodimlar va operatsiya xonalarining yetishmasligi sababli yuzaga kelgani ta'kidlanmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid