Jahon | 11:49 / 03.03.2018
13289
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR Olimpiada vaqtida o‘z yadro dasturida muvaffaqiyatga erishgan

Foto: Reuters

Shimoliy Koreya Pyongchangdagi olimpiada o‘tkazilayotgan paytda qit'alararo ballistik raketalar dasturida muvaffaqiyatga erishdi. Bu haqda CNN o‘z manbasiga asosan xabar bermoqda.

AQSh hukumatining o‘z nomini oshkor etmagan a'zosi so‘zlariga ko‘ra, KXDR musobaqalar o‘tkazilayotgan vaqtda raketalarni boshqarish imkoniyatini takomillashtirib oldi. Bu obektlarni yanada aniqroq nishonga olish imkonini beradi. Boshqa tomondan, Shimoliy Koreya jangovar kallaklar bilan bog‘liq qator texnik qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Bundan tashqari, mamlakatda raketa dvigatellari va uchirish qurilmalarini yaxshilash ustida ish olib borilmoqda. Manbaning ta'kidlashicha, AQSh KXDRning bunday harakatlariga sanksiyalar va diplomatik bosim bilan javob beryapti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid