Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr oliy konstitutsiyaviy sudi Saudiya Arabistoniga ikkita orol berilishini tasdiqladi – OAV
Misrning oliy konstitutsiyaviy sudi 3 mart kuni Saudiya Arabistoni bilan dengiz chegarasining demarkatsiyasi bo‘yicha kelishuvni qo‘llab-quvvatladi. Unga ko‘ra Qizil dengizdagi Tiran va Sanafir bahsli orollari Saudiya Arabistoni suverenitetiga o‘tadi.
Ushbu sud instansiyasining qarori yakuniy hisoblanadi va uni qayta ko‘rib chiqib bo‘lmaydi. Shu tariqa orollarga egalik qilish masalasining boshqacha talqin qilinishiga yo‘l qo‘yadigan sud instansiyalari qarorlari bekor qilinadi.
Ar-Riyod nazorati ostiga 2 ta orol berilishini nazarda tutuvchi demarkatsiya haqidagi kelishuv 2016 yil aprelda imzolangan va Misr jamoati tomondan norozilikka sabab bo‘lgan.
Oxirgi asr davomida orollarga egalik qilish bir necha marta bir davlatdan ikkinchisiga o‘tgan. 1967 yilgi urushdan keyin bu orollar Sinay yarimoroli bilan birga Isroil nazorati ostida bo‘lgan, Sinay 1982 yilda Misrga qaytarilgandan keyin orollar Misrga o‘tgan, vaholanki unga Saudiya Arabistoni da'vogarlik qilgan.
Ikki davlat o‘rtasida dengiz chegarasining belgilanishi 2010 yilda amalga oshirilgan. Ar-Riyod BMT konvensiyalariga muvofiq holda o‘zining dastlabki dengiz chegaralari delimitatsiyasini e'lon qilgan va Misr buni rasman tan olgan.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
08:19 / 29.06.2026
Misr «Yangi Nil»ni barpo etmoqda: ulkan loyiha mamlakat kelajagini o‘zgartira oladimi?
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
22:52 / 20.06.2026