20:37 / 03.03.2018
8216

Oltinko‘l tumanida obodonlashtirish sohasiga 3 milliarddan ziyod mablag‘ ajratildi

Foto: KUN.UZ

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabr kungi PQ-3454 sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori, Andijon viloyati hokimining 2017 yil 31-dekabr kungi №866-q sonli qarori, hamda Oltinko‘l tumani hokimining 2018 yil 4 yanvar kungi № 1-q sonli qaroriga asosan tuman mahalliy byudjyetining 2018 yilga mo‘ljallangan byudjyet parametrlari qabul qilindi. Bunga asosan mahalliy byudjyetdan 2018 yilda 91 mlrd. 274 mln. 893 ming so‘m mablag‘ sarflash ko‘zda tutilmoqda.

Jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar uchun 66 mlrd. 237 mln. 905 ming so‘m, yagona ijtimoiy to‘lov xarajatlari uchun 16 mlrd. 425 mln.969 ming so‘m, boshqa xarajatlar uchun 8 mlrd.611 mln.19 ming so‘m ajratildi.

Obodonlashtirish sohasiga o‘tgan 2017 yilda 2 mlrd.63 mln.262 ming so‘m mablag‘ ajratilgan edi. 2018 yilda esa mahalliy byudjyet mablag‘lari hisobidan  3 mlrd.388 mln. 558 ming so‘m mablag‘ ajratildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 164 foizga ko‘pdir.

Ajratilgan mablag‘lar hisobidan ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar uchun 1 mlrd 834 mln. 473 ming so‘m, yagona ijtimoiy to‘lov xarajatlari uchun 454 mln 32 ming so‘m, boshqa xarajatlar uchun 1 mlrd 100 mln 53 ming so‘mni tashkil qiladi.

Boshqa xarajatlardan tumandagi “Uyg‘ur” MFY Mustaqillik ko‘chasi, “Qo‘shtepa” MFY Istiqlol ko‘chasi, “Oq-tumor” MFY Sh.Asqarov ko‘chasi, “Qo‘shko‘prik” MFY Qoraqalpoq ko‘chasi, “Toptiq” MFY “Mustaqillik” ko‘chasi, “Katta oqtepa” MFY “Uzun” ko‘chasi, “Madaniy mehnat-1” “Sharq” ko‘chasi, “Xondibog‘i”  mahallasidagi “Hindimozor” ko‘chasi shuningdek, “Markaz” MFY hududidagi “Yangi hayot”, “Chinobod”, Turkiston shoh ko‘chalarini joriy ta'mirlash bo‘yicha jami uzunligi 5,5 km bo‘lgan 11 ta ichki yo‘llar ta'mirlanishi rejalashtirilgan, ushbu maqsadlarga 657,7 mln.so‘m miqdorida mablag‘lar ajratildi.

Top