O‘zbekiston | 17:38 / 03.03.2018
39084
1 daqiqa o‘qiladi

Zargarlik sanoati bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi 

Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot kanali xabar bergan.

Qarorga asosan “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar va uyushma faoliyatida erkin ravishda yagona tashkilotga birlashish yo‘li orqali qatnashayotgan xususiy tadbirkorlar o‘zlari tomonidan ishlab chiqilgan zargarlik mahsulotlarini realizatsiya qilish qismi bo‘yicha 2022 yil 1 yanvarga qadar aksiz, qo‘shimcha qiymat, mulk, yer solig‘i va davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar ajratishdan ozod qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 15 noyabrdagi prezident qarori bilan xususiy tadbirkorlarga ham erkin ravishda yagona tashkilotga birlashish yo‘li orqali “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi faoliyatida qatnashish imkoniyati berilgan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid