Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» mag‘lubiyatli seriyani davom ettirdi
Foto: Squawka
«Arsenal» Angliya chempionatining 29-turida «Brayton» mehmoni bo‘ldi va 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytadigan bo‘ldi.
Uchrashuvning7-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Dank standart vaziyatdan keyin hisobni ochdi, 26-daqiqada hujumchi Myurrey jamoasi ustunligini oshirdi, bo‘lim so‘nggida Obameyang bitta javob goli urdi.
Shu tariqa, «Arsenal» Angliya Premer-ligasida qatorasiga uchinchi uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi.
Bu mag‘lubiyat Arsen Venger jamoasi uchun barcha turnirlar hisobga olinganda, qatorasiga 4-o‘yinda mag‘lubiyat: bungacha jamoa «Manchester Siti»ga ikki marta (APLda va Angliya Ligasi Kubogi finalida yutqazgan; ikki safar ham 0:3 hisoblarida), shuningdek, Londonda kechgan Yevropa Ligasi doirasidagi o‘yinda «Estersund»dan mag‘lub bo‘lgandi (1:2).
Opta ma'lumotiga ko‘ra, bunday omadsiz seriya «Arsenal»da 2002 yil oktabridan buyon ilk marta kuzatilmoqda.
Bundan tashqari, «Arsenal» APL o‘yinlarida qatorasiga 11 o‘yinda gol o‘tkazdi. Bunday yomon natija 2002 yil fevralidan buyon ro‘y bermagandi.
Umuman, londonliklar barcha turnirlar doirasidagi oxirgi 8 o‘yinning 6tasida mag‘lub bo‘lgan.
Endilikda «Arsenal» 45 ochkosi bilan Angliya chempionati turnir jadvalida 6-o‘rinda qoldi, «Brayton» 34 ochko bilan 10-o‘rinda.
Angliya chempionati
29-tur
Brayton – Arsenal 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 7 Dank, 2:0 – 26 Myurrey, 2:1 – 43 Obameyang.
Brayton – Rayan, Dank, Bong, Skelotto (Saltor, 69), Daffi, Propper, Stivens, Gross (Kayyal, 87), Knokert (March, 77), Iskerdo, Myurrey.
Arsenal – Chex, Koselni, Kolashinats, Chembers (Nketia, 83), Mustafi, Uilsher, Chaka, O‘zil, Mxitaryan (Bellerin, 83), Ivobi (Uelbek, 74), Obameyang.
Ogohlantirishlar: Kolashinats (28), Uilsher (40), Chaka (54), Stivens (60), Skelotto (64), Myurrey (78).
Mavzuga oid
10:19 / 19.03.2026
YeChLda chorakfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi
05:35 / 18.03.2026
«Siti» turnirni tark etdi, Lissabonda kambek. YeChLda kun o‘yinlari
10:59 / 15.03.2026
«Siti» deyarli kurashdan chiqdi, Gulerdan shedevr gol. Kun o‘yinlari
12:09 / 12.03.2026