19:20 / 04.03.2018
39779

Foto: Yunusobodda Cobalt bilan to‘qnashgan Nexia simyog‘ochga borib urildi

© Voditeli tashkent

4 mart kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Nexia va Cobalt mashinalari to‘qnashdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma'lumot berdi.

To‘qnashuv 4 martga o‘tar kechasi soat 00:15 atrofida, Yunusobod tumanining Sharof Rashidov ko‘chasidagi «Transtexbutlash» MChJ qarshisida ro‘y bergan.

«4 mart kuni tungi soat 00:15 larda Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko‘chasidagi «Transtexbutlash» MChJ qarshisida 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia avtomashinasini boshqarib ketayotib, 1995 yilda tug‘ilgan erkak boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan», — deyiladi xabarda.

Baxtli tasodif tufayli ikkala avtomobil haydovchilari va yo‘lovchilari omon qolgan. Ular turli darajadagi tan jarohatlari bilan 7-sonli kasalxonaga joylashtirilgan.

Top