Ma’lum qilinişiça, soat 11:08 da Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga mazkur manzildagi yangi qurilayotgan turar joy binosining ikkinçi qavatida yonğin çiqqani haqida xabar kelib tuşgan. Şundan söng qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yöl olgan va soat 11:09 da manzilga yetib borgan.
Tezkor harakatlar natijasida yonğin soat 11:16 da qurşab olingan va oradan uç daqiqa ötib, ya’ni soat 11:19 da töliq öçirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, yonğin oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.
Hodisa joyida ötkazilgan közdan keçiriş işlari davomida yangi qurilayotgan turar joy binosining ikkinçi qavatida quriliş materiallari yongani va şu qismga zarar yetgani aniqlangan.
Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi fuqarolar va tadbirkorlarni yonğin xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilişga çaqirdi. Mutasaddilarning ta’kidlaşiça, bunday holatlarning oldini olişda ehtiyotkorlik va xavfsizlik talablariga rioya qiliş muhim ahamiyatga ega.

















