Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elmakon kompaniyasi «Lokomotiv» futbol klubi bilan hamkorlik qiladi
Eng zamonaviy va "aqlli" elektronika savdosi bilan shug‘ullanuvchi ELMAKON kompaniyasi va «LOKOMOTIV» futbol klubi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat tomonlarning O‘zbekistonda futbol sport turini rivojlantirishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorligini ko‘zda tutadi. Ushbu hamkorlik futbol targ‘iboti bilan bir qatorda yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi va sportga bo‘lgan qiziqishni orttirishga yo‘naltiriladi.
«LOKOMOTIV» PFK bosh direktor o‘rinbosari To‘labek Akromov bu borada shunday dedi: «LOKOMOTIV» klubi milliy chempionatda oltin medallarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Jamoa nafaqat O‘zbekistonda, balki Osiyo miqyosida ham o‘z o‘rnini topib bormoqda. Klub yildan-yilga o‘z nufuzini oshirmoqda. Bundan tashqari, marketingga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Bugungi uchrashuvdan ham maqsad - o‘z nomini tanitib ulgurgan brendlardan biri, zamonaviy texnika va elektronika savdosi bilan shug‘ullanuvchi ELMAKON do‘konlar tarmog‘i bilan shartnoma imzolash. Xudo xohlasa, ushbu shartnoma ikki tomon uchun ham o‘zaro manfaatli bo‘ladi, deb o‘ylayman".
Foto: Elmakon
"Bahorning ilk kunlaridan ELMAKON brendi o‘zi uchun yangi eshiklarni ochayotgani diqqatga sazovordir. O‘zbekiston chempioni - «LOKOMOTIV» futbol klubi bilan rasmiy hamkorlikni boshlash - biz uchun katta sharaf. Biz berilgan ushbu imkoniyatdan juda katta motivatsiya oldik va bu ikki tomonlama biznes uchun juda to‘g‘ri yondashuv deb hisoblaymiz. Elektron texnika do‘konlar tarmog‘i O‘zbekiston futbolining rivoji hamda «LOKOMOTIV» futbol klubi muxlislari sonini oshirishga hissa qo‘shishidan baxtiyor", - dedi ELMAKON do‘konlar tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha direktori Baxtiyor Qosimov.
Tomonlarning bildirishicha, hamkorlik memorandumi ELMAKON va «LOKOMOTIV» o‘rtasidagi mediahamkorlikni nazarda tutadi, ya'ni ikki tomon bir-birini keng targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi - nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijiy davlatlarda bo‘lib o‘tadigan xalqaro turnirlarda ham.
"Bolalar klubi yiliga kamida 10-15 davlatga chiqib, xalqaro turnirlarda qatnashadi. ELMAKON tomonidan bizga berilgan takliflar to‘g‘ri keldi. Ular aynan marketing tomondan oqsayotgan ko‘rsatkichlarni ko‘tarish uchun o‘z tashabbuslari bilan chiqishdi. OAVda o‘yinlar anonslari, o‘yinlar vaqtida muxlislarni qiziqtirish maqsadida har xil aksiyalar uyushtirishadi", - deydi futbol klubi vakili.
ELMAKON qo‘shma korxonasi rahbari Jahongir Abdullayev do‘konlar tarmog‘i «LOKOMOTIV» bilan shartnoma tuzilganidan xursand ekani va kelgusida ikki tomon uchun ham manfaatli va xayrli ishlar amalga oshirilishiga umid bildirdi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
20:49 / 04.04.2026
“Bunyodkor” - “Lokomotiv” o‘yinidan keyingi janjal sabablari o‘rganilmoqda
20:17 / 03.08.2023
Tomoshabinlar antirekordi qayd etilgan OKMK – «Lokomotiv» o‘yinidan fotojamlanma
16:59 / 25.11.2022
«Turon» Superligaga yo‘llanma oldi, «Lokomotiv» Pro ligaga ravona bo‘ldi
16:52 / 29.10.2022