Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islandiyada kriptovalyutalar mayningi uchun mo‘ljallangan 600 ta kompyuter o‘g‘irlab ketildi
Islandiya politsiyasi mamlakatning turli joylarida joylashgan bir nechta ma'lumotlar markazlaridan kriptovalyutalar mayningi uchun mo‘ljallangan 600 ta kompyuterni o‘g‘irlagan jinoyatchilarni 3 oydan beri izlamoqda.
AP axborot agentligining ma'lum qilishicha, kompyuterlarning umumiy qiymati 2 mln dollarga yaqinni tashkil qiladi. O‘g‘riliklar dekabr va yanvarda amalga oshirilgan, biroq politsiya jinoyatchilarni ushlashiga umid qilgan holda bu ma'lumotni oshkor qilmagan. Hozirda tergov davomida 11 kishi, jumladan markazlardan birining qo‘riqchisi hibsga olingan.
“Bu o‘g‘rilik avval bu yerda misli ko‘rilmagan katta ko‘lamdagi o‘g‘rilikdir. Barchasi buni uyushgan jinoiy guruh amalga oshirganiga ishora qilmoqda”, deb aytgan 4 ta o‘g‘rilikdan 2 tasi amalga oshgan Reykyanes oroli politsiyasi komendanti Olafur Xelgi Kyartenson.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
21:07 / 28.05.2026
Shveytsariya eng qimmat mamlakat maqomini boshqa davlatga boy berdi
22:40 / 08.04.2026
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun kriptovalutada to‘lov talab qildi
16:33 / 29.12.2025