O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatida 15ta medal jamg‘ardi
27 fevraldan 4 martga qadar Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Turnirda 38 davlatdan sportchilar ishtirok etdi.
Musobaqaning oxirgi kunida erkin kurash bo‘yicha 125 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan David Modzmanashvili qatarlik Giorgi Sakandelizega qarshi bahs yuritib, g‘alaba qozondi va oltin medalga ega chiqdi.
86 kg vazn toifasida bronza medal uchun gilamga chiqqan Jabroil Shapiyev qozog‘istonlik Azamat Dauletbekovga yutqazdi (0:4).
61 kg vazn toifasidagi Abbos Rahmonov ham bronza medal uchun hindistonlik Sharvan Sharvanga qarshi kurashdi va g‘alaba qozondi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi 4ta oltin, 5ta kumush va 6ta bronza medal jamg‘ardi.
Erkin kurash
Oltin - Ixtiyor Navro‘zov (70 kg), Magomed Ibragimov (97 kg), David Modzmanashvili (125 kg)
Kumush - Mahmudjon Shovkatov (57 kg), Rashid Qurbonov (79 kg)
Bronza - Temurxon Usmonoxunov (65 kg), Abbos Rahmonov (61 kg), Azizbek Soliyev (92)
Yunon-rum kurashi
Oltin - Elmurod Tasmuradov (63 kg),
Kumush - Rustam Assakalov (97 kg), Mo‘minjon Abdullayev (130 kg)
Bronza - Islomjon Bahromov (60 kg), Mirzobek Rahmatov (67 kg), Aram Vardanyan (72 kg)
Ayollar kurashi
Oltin -
Kumush - Nasiba Yesenbayeva (59 kg)
Bronza -
Mavzuga oid
23:05 / 09.08.2024
Parij-2024. G‘ulomjon Abdullayev – bronza medali sohibi
21:51 / 09.08.2024
Parij-2024. Razambek Jamalov finalga chiqdi
12:18 / 02.07.2024
Moskvada erkin kurash bo‘yicha Rossiya jamoasi murabbiyi terrorizmda gumonlanib ushlandi
17:23 / 13.08.2023