Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehnat migrantlari ko‘p boradigan Rossiya va Qozog‘iston shaharlariga yangi temir yo‘l yo‘nalishlari ochiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qarorda temir yo‘l va aviatransporti imkoniyatini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan, jumladan:
2018 yil 1 maygacha – vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar ko‘p boradigan Rossiya va Qozog‘iston hududlari va shaharlariga yangi temir yo‘l yo‘nalishlari joriy etish;
2018 yil 1 iyungacha – vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolar tomonidan talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda yangi yo‘lovchi poyezdlarni qo‘yish hamda platskart va umumiy vagonlar sonini ko‘paytirish, jumladan ushbu yo‘nalishlardagi temir yo‘l poyezdi jo‘nashini hududiy temir yo‘l stansiyalaridan amalga oshirish;
2018 yil 1 iyulgacha – vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolarni tashish uchun zarur bo‘lganda xorijiy temir yo‘l kompaniyalarning respublika hududiga kirishini, O‘zbekiston hududiy temir yo‘l bog‘lanmalaridan Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi stansiyalarigacha yo‘lovchi tashishini nazarda tutgan holda, ta'minlash;
2018 yil 1 maygacha – Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK huzurida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolarni pasaytirilgan tariflarda tashuvchi, kambyudjyetli aviakompaniya (loukoster) tashkil etish to‘g‘risida takliflarni kiritish nazarda tutilgan.
Shu bilan birgalikda, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolar murojaatlari va ehtiyojlariga muvofiq mehnat organlarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘zda tutilmoqda.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari tuzilmasida umumiy 300 shtat birligida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolar bilan ishlash sektorlarini tashkil etiladi.
Mazkur sektorlarning asosiy majburiyatlari uyma-uy yurib vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqib ketishni rejalashtirayotgan fuqarolarni aniqlash hamda ular bilan chet elga xavfsiz chiqish va imtiyozli tariflarda temir yo‘l va aviachiptalar sotuvi mexanizmi masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish hisoblanadi.
Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqib ketayotgan fuqarolarning raqobatbardoshligini oshish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga chet tillari va ishlab chiqarish kasblariga o‘qitish kurslarni tashkil etishni ta'minlash topshirilgan.
Qarorda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqib ketayotgan fuqarolar uchun quyidagilarni o‘z ichiga olgan bank va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish nazarda tutilgan:
AT “Aloqabank”ning soddalashtirilgan ochish shartlari bilan “VISA-migrant” plastik kartalarini joriy etish, hamda ATIB “Ipoteka bank” tomonidan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqayotgan fuqarolarga 1000 AQSh dollari ekvivalentida kredit ajratish;
“O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan Rossiya Federatsiyasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni kompleks sug‘urta himoya qilish bo‘yicha Rossiyada o‘z vakolatxonalarini ochish, imtiyozli tariflar bo‘yicha temir yo‘l va aviachiptalar sotish ixtisoslashtirilgan kassalarda vaqtinchalik fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalashni rasmiylashtirish uchun doimiy tarzda sug‘urta agentlarini joylashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qilingan qarorini amalga oshirish quyidagilarga:
birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga transportda chiqish vaqtida va yetib borgandan so‘ng hayoti va sog‘lig‘i himoya qilish;
ikkinchidan, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarni hisobini va ro‘yxatga olinishini tashkil etish hisobiga mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solishning zarur mexanizmlarini joriy etish;
uchinchidan, mehnat migrantlariga ko‘rsatilayotgan bank va sug‘urta xizmatlari milliy bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga imkon beradi.
Mavzuga oid
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
18:06 / 08.06.2026