Jamiyat | 22:37 / 06.03.2018
14551
2 daqiqa o‘qiladi

Tergov jarayoni davomida “Vodiygazta'minot” xodimining harakatida jinoyat aniqlanmadi

Saytimiz orqali 2017 yilning 14 sentabr kuni “Andijonda gaz quvurlarini noqonuniy sotish rejasi fosh qilindi” sarlavhasi ostida berilgan maqolada, Andijon viloyati MXX boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura qoshidagi Departament ishchilari bilan hamkorlikda davlat mulkini o‘g‘irlaganlik uchun Oltinko‘l tumanida yashovchi 46 yoshli Hotambek Fozilovni qo‘lga olingani va unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga muvofiq ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar qilingan edi.

Shuningdek, viloyat huquq-tartibot idoralari xodimlari ma'lumotlariga ko‘ra,   Hotambek Fozilov  “Vodiygazta'minot” unitar korxonasining Oltinko‘l tuman bo‘limi xodimi 35 yoshli Sanjarbek Shokirov bilan birga o‘z jinoiy maqsadlarini amalga oshirmoqchi bo‘lganligi tergov oldi tadbirlari davomida aniqlanganligi aytilgandi.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan davom ettirilgan tergov jarayonida 032023-2017-159-sonli jinoyat ishi bo‘yicha “Vodiygazta'minot” Oltinko‘l tuman filialining chilangar vazifasida ishlagan Sanjarbek Shokirovning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga binoan jinoyat ishining S.Shokirovga oid qismi tugatilganligi ma'lum qilindi.

Haqiqat qaror topdi va Sanjarbek Shokirovning ushbu jinoyatga aloqador emasligi aniqlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid