O‘zbekiston | 16:26 / 07.03.2018
8806
1 daqiqa o‘qiladi

Aziz Yusupov AKTni rivojlantirish jamg‘armasiga yangi direktor etib tayinlandi

Foto: Mitc.uz

Aziz Shuhratovich Yusupov Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bunga qadar ushbu lavozimda Baxtiyor Ibragimovich Tohirov faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining asosiy vazifa va yo‘nalishlari jamg‘armada shakllangan mablag‘lar hisobiga davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish, xalqaro standartlarga muvofiq aloqa, televideniye va radioeshittirish sohasi hamda telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va boshqa loyihalarni moliyalashtirish hisoblanadi.

 

Mavzuga oid