Jamiyat | 20:45 / 07.03.2018
7875
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat agrar universitetida “Karera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi 

Toshkent davlat universiteti bitiruvchilarini ishga taqsimlash tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari Axborot tahlil Departamenti va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmalari bilan hamkorlikda 2018 yil 3 mart kuni «Karera kuni» yarmarkasi tashkil etildi.

Foto: Toshkent davlat agrar universiteti

Ushbu mehnat yarmarkasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib, Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchilarini o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga taqsimlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Mehnat yarmarkasini o‘tkazishdan maqsad qishloq xo‘jaligi, sanoat, servis xizmat ko‘rsatish va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim sohalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlab vakant joylarga bitiruvchilarni joylashtirish hamda iqtidorli va qobilyatli bitiruvchi yoshlarni kasbiy va ilmiy tadqiqot ishlariga kengroq jalb etish, ularning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratishga doir choralar tizimini ishlab chiqish, yuqori malakali mutaxassis va ilmiy pedagogik xodimlar bo‘lib yetishishlarida yordam berishdan iboratdir.

Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti

Tadbirning ikkinchi asosiy qismi ikki bosqichda o‘tkazilib, birinchi bosqichda vazirlik, idora, uyushma, qo‘mita hamda korxona, tashkilot, muassasalar, banklar va fermer xo‘jaliklarining kadrlar bo‘yicha mas'ul xodimlari va bitiruvchilar ishtirokida fakultetlarda jami 7 ta yarmarka uchun tayyorlangan joylarda mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. 

Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti

Tadbirning ikkinchi bosqichida bitiruvchilar viloyatlarga bo‘lingan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyat, tumanlarning qishloq xo‘jaligi boshqarmalarining boshliqlari ishtirokida bitiruvchilar bilan ish bilan ta'minlash va shartnomalarni tuzish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi.

Yarmarka davomida ish beruvchilar va bitiruvchilar o‘rtasida 1242 dan ortiq ish beruvchi va bitiruvchilar o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar imzolandi.

Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti

 

Mavzuga oid