Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abe Pxenyan muzokaralarga tayyor ekaniga qaramay, KXDRga maksimal bosim o‘tkazishni talab qilmoqda
Yaponiya hukumati Pxenyan Seul bilan muloqotga tayyor ekanini bildirganiga qaramay, KXDRga bosim o‘tkazish saqlab qolinishini talab qilmoqda. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe tegishli bayonot bilan chiqqan.
«Yaponiya hukumatining fikricha, muloqot uchun muloqotdan mantiq yo‘q. Biz Shimoliy Koreyani faqatgina muzokaralarga tayyor ekani haqidagi so‘zlari uchun mukofotlashga qarshimiz. Yaponiya KXDRga maksimal bosim o‘tkazishni saqlab qolish tarafdori, jumladan unga qarshi joriy etilgan sanksiyalar butunlay bajarilishi kerak», - deya Abening so‘zlarini keltiradi TASS.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Shimoliy Koreyaning «raketa-yadro dasturini yo‘q qilish bo‘yicha avvalgi majburiyatlari faqat vaqtdan yutish uchun qilingan va doimiy tarzda buzilgan».
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026