Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa politsiyasini ilk bor ayol kishi boshqaradi
Yevropa Ittifoqi kengashi 8 mart kuni ilk bor ayol kishini Yevropa politsiyasi – Yevropolning ijrochi direktori etib tayinladi. Bryusselda 8 mart kuni o‘tgan Yevropa Ittifoqining ichki ishlar va adliya kengashining yig‘ilishida qabul qilingan qarorga ko‘ra, bu lavozimni Belgiya federal politsiyasi bosh komissari Katrin de Boll egallagan.
“Mening bu lavozimdagi asosiy vazifam agentlikka ishonch va uning ishi samaradorligini oshirishdan iborat bo‘ladi”, deb aytgan de Boll yangi lavozimga tayinlangandan keyin.
U o‘z vazifalarini bajarishga 1 maydan kirishadi va Rob Ueynrayt o‘rnini egallaydi. Yevropol rahbari 4 yillik muddatga tayinlanadi.
48 yoshli Katrin de Boll ixtisosligi bo‘yicha huquqshunos bo‘lib, dastlab jandarmeriya, so‘ngra kriminal politsiya zobiti bo‘lgan. U Belgiya federal politsiyasini 2012 yildan boshqarib kelgan va bu lavozimga tayinlangan ilk ayol bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:11 / 16.07.2025
Yevropa bo‘ylab hujumlarda ishtirok etgan rossiyalik hakerlar guruhi qo‘lga olindi
09:49 / 23.07.2024
Yevropol YeIda kiberjinoyatchilik darajasi oshib borayotganini ma’lum qildi
10:57 / 06.03.2024
Slovakiyalik oligarx Yevropolga qarshi sudda g‘alaba qozondi
09:23 / 06.04.2023