GM Uzbekistan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun avtomobillarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlaydi
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
Qaror bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning foydalanishi uchun respublikada ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlash mazkur shaxslarning buyurtmalariga asosan “GM Uzbekistan” AJ rasmiy dilerlarining ixtisoslashtirilgan servis markazlari orqali amalga oshirilishi belgilandi.
Shu maqsadda, “O‘zavtosanoat” AJga 2019 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda “GM Uzbekistan” AJ rasmiy dilerlarini zarur vosita va uskunalar bilan ta'minlash vazifasi yuklanmoqda.
Endilikda:
bozorlar, savdo majmualari va boshqa obektlar hududlaridagi to‘xtab turish joylari umumiy maydonining kamida 5 foizi (kamida 2 ta joy) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turishi uchun ajratiladi;
to‘xtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan obektlari atrofida nogironligi bo‘lgan shaxslarga tegishli avtotransport vositalari uchun vaqtinchalik to‘xtab turish joylari tashkil etiladi;
to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun nogironligi bo‘lgan shaxslar va 16 yoshgacha nogiron bolasi bo‘lgan ota-onalardan haq olinmaydi.
Mavzuga oid
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
17:58 / 01.09.2023
Santa Fe’dan Traverse’gacha - dunyo avtomobil bozorida taqdim etilgan so‘nggi krossoverlar
19:24 / 15.08.2023
Import avtomobillarning faqat rasmiy dilerlar tomonidan sotilishi talabi bekor qilindi
19:06 / 28.07.2023