Rözixon Haydarova II guruh nogironi, u oilasi bilan Oltiariq tumanining Zilol mahallasida yaşaydi. Turmuş örtoği Ğulomjon Haydarov gapira olmaydi. Ikki öğil va nevarasining ham nogironligi bor. “Otam ham gapirmasdi. Bir-birimizni imo-işoralar bilan tuşunardik. Yaratgan menga oliyjanob jufti halol berdi. Gapira olmasa ham juda baxtliman”, – deydi Rözixon opa.

Uç öğil, bir qizning onasi bölgan Rözixon opa quyoşdan avval uyğonadi. Ğulomjon aka bilan birga issiqxonadagi ekinlarni parvarişlab, çorvasi xaşak, tovuqlariga don beradi. Bodring, pomidor, qalampir köçatlarini bozorga olib borib sotib keladi. Dehqon opaning aytişiça, issiqxonada iş qişning çillasidan boşlangan. Mart oyigaça opa köçat sotib 30 mln sömdan ortiq daromad qilgan.

“Otam ham gapira olmas edi. Turmuş örtoğimning tili yöq, lekin oliyjanob inson, hayotimiz yaxşi, soğlomlardan köra yaxşi yaşaymiz. Özim ham II guruh nogironiman.

Uç öğil, bir qizning onasiman. Ikki öğlim, bir nevaram nogiron. Lekin ularni nogiron demayman. Nevaralarimning gapini eşitsangiz faxrlanib ketasiz-da, imo bilan gaplaşamiz.

Odamlar “xöjayiningiz bilan qanday tanişgansiz, tilsiz odam bilan qanday yaşayapsiz?", deb savol berişadi. 35 yildan beri imo-işoralar bir-birimizni tuşunib yaşayapmiz.

Dehqonçilikni yiğiştirib, pul jamğarib avval öğlimga, keyin esa turmuş örtoğimga skuter olib berdim. Şunday xursand böldilarki, nevaralarimni solib mahallada aylantirib yuribdi, boğçaga olib boradi.

Dehqonçiliklarim ham juda zör, gap bölişi mumkin emas, yanvardan boşlangan dehqonçilik. Issiqxonamiz böş turmasin deb ukrop, kaşniç, sarimsoq piyoz, jambil, karam ekib qöyganmiz. Bundan avval qişi bilan kökatlargaça sotdik. Ekiş uçun joy qolmadi hisob. Qani endi boşqa yerim bölsa yana ekinlar eksam.

Yanvardan köçat çiqarişni boşlaganman. Hozirgaça mana tört marta hosil olişga ulgurdim. 40 mingta köçat çiqardim. 30 milliondan oşiqlik köçat sotdim. Yana sotiladigan köçatlarim hali turibdi.