Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan subsidiyalar va ssudalar ajratiş tartibi belgilandi.
Unga köra, nogironligi bölgan şaxslarga ularning bandligini ta’minlaş maqsadida jihozlar, asbob-uskunalar, mehnat qurollari va xomaşyo xarid qiliş, internet xizmatlariga ulaniş, şuningdek tadbirkorlik faoliyatini boşlaş yoki kengaytiriş uçun 3 yilgaça, 6 oylik imtiyozli davr bilan BHMning 75 baravarigaça (hozirda 30,9 mln söm) miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi.
Ma’lumot uçun, 2025 yil 1 avgustdan buyon bazaviy hisoblaş miqdori 412 ming sömga teng.
Şuningdek, jamğarma mablağlari hisobidan quyidagi maqsadlar uçun iş beruvçilarga subsidiya ajratiladi:
- iş örinlari va mehnat şaroitlarini nogironligi bölgan şaxslarga moslaştiriş uçun — har bir moslaştirilgan iş joyiga BHMning 40 baravarigaça;
- bandlik bölimi yöllanmasi bilan işga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş xarajatlarini qoplaş uçun — har bir xodimga 6 oy davomida har oy BHMning 4 baravari miqdorida;
- aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini belgilangan eng kam miqdordan ortiq işga qabul qiliş uçun — har bir xodimga 12 oy davomida har oy BHMning 2 baravari miqdorida;
- jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan şaxslarni işga qabul qilgan iş beruvçilarga, mazkur şaxs 3 oydan ortiq mehnat faoliyatini davom ettirganidan söng — bir martalik BHMning 3 baravari miqdorida.
Şuningdek, 2026 yil 1 iyuldan 2028 yil 1 yanvarga qadar quyidagi subsidiyalar ajratiladi:
- öqituvçilar va işlab çiqariş ta’limi ustalariga xalqaro darajada tan olingan kasbiy ta’lim sertifikatlari hamda milliy sertifikatlarni oliş uçun sarflangan xarajatlarning 50 foizi, biroq












