Sport | 22:10 / 08.03.2018
6806
2 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Qo‘qon-1912» Navoiydan g‘alaba bilan qaytadi

Foto: «Qo‘qon-1912» matbuot xizmati

Superliga 2-turida Navoiyning «Qizilqum» klubi o‘z maydonida «Qo‘qon-1912»ni qabul qildi.

Teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yin taqdiri ikkinchi bo‘lim oxirida hal bo‘ldi. 78-daqiqada Murod Xolmuhamedov bosh hakam tomonidan belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 87-daqiqada Suhrob Berdiyev yana bir gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Qayd qilish joizki, Mirjalol Qosimov maydondan chetlatilgach, mezbonlar 57-daqiqadan boshlab, bir futbolchi kam bo‘lib o‘ynagan edi.

Bu natijadan so‘ng, «Qo‘qon-1912» chempionatdagi dastlabki uch ochkosini qo‘lga kiritdi. «Qizilqum» hisobida ochko yo‘q.

Superliga, 2-tur.
8 mart (payshanba)
Qizilqum (Navoiy) – Qo‘qon-1912 (Qo‘qon) - 0:2 (0:0)
Gollar:
 Murod Xolmuhammedov (78 pen), Suhrob Berdiyev (87)

Hakamlar: R.Ermatov (Toshkent), A.Rasulov (Toshkent), J.Saidov (Toshkent),  D.Jalimov (Toshkent vil.).
Nazoratchi – B.Tog‘ayev. Komissar – B.Namozov.
Qizilqum: 77. Yevgeniy Cheremisin, 4. Erkin Boydullayev (s), 8. Akmal Rustamov, 10. Alisher Sanoyev (18. Samandar Shodmonov, 42), 11. Doniyor Usmonov, 14. Fayzulla Qambarov, 21. Muhsin Ubaydullayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 30. Elguja Grigalashvili, 44. Mirjalol Qosimov, 84. Nemanya Yovanovich.
Qo‘qon-1912: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev (29. Igor Taran, 79), 10. Javohir Sidiqov, 18. Bahodir Pardayev (17. Quvondiq Ro‘ziyev, 65), 19. Suhrob Berdiyev, 22. Murod Holmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 96. Muhammadanas Hasanov (95. Milan Spremo, 83).
Ogohlantirishlar: Mirjalol Qosimov 16, Akmal Rustamov 77, Marko Milich 82,
Chetlatish: Mirjalol Qosimov 57

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid