01:48 / 09.03.2018
11547

Yevropa Ligasi. "Arsenal" safarda "Milan"ni yengdi, "Borussiya Dortmund" uyida mag‘lub bo‘ldi

Foto: Twitter/Arsenal

Bugun 2017/18 yilgi Yevropa Ligasi 1/8 finalining ilk o‘yinlari o‘tkazildi. 

Kunning markaziy o‘yini "Milan" hamda "Arsenal" o‘rtasida kechdi. "San-Siro"da kechgan uchrashuv 0:2 hisobida mehmonlarning foydasiga hal bo‘ldi. 

15-daqiqada Mxitaryan hisobni ochgan bo‘lsa, 45-daqiqada Remzi yakuniy hisobni o‘rnatdi. 

"Atletiko Madrid" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. 

Saul 22-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 47-daqiqada Diyego Kosta oradagi farqni oshirdi. Koke esa, 90-daqiqada gol urib, yirik hisobni ta'minladi. 

"Red Bull" esa "Borussiya Dortmund" maydoniga safar qilib, g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi –  1:2. 

Mehmonlar tarkibida Berisha dubl qayd etgan bo‘lsa, dortmundliklarning yagona goli Shyurrle tomonidan kiritildi. 

 "TsSKA" esa o‘z maydonida "Lion"ni qabul qilib, kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi. O‘yindagi yagona gol 68-daqiqada Marselo tomonidan kiritildi. 

Milan Italiya – Arsenal Angliya 0:2

Gollar: 0:1 – 15 Mxitaryan, 0:2 – 45 Remzi.
Milan – Donnarumma, Bonuchchi, Rodriges, Kalabriya (Borini, 79), Romanoli, Bonaventura, Bigliya, Chalxanoglu (Kalinich, 62), Kessie, Suso, Kutrone (Andre Silva, 69).
Arsenal – Ospina, Mustafi, Kolashinats (Meytlend-Naylz, 62), Chembers (El-Nenni, 85), Koselni, Remzi, Djaka, Uilsher, Ozil (Xolding, 80), Mxitaryan, Uelbek.
Ogohlantirishlar: Kolashinats (60), Remzi (71).

Atletiko Ispaniya – Lokomotiv Rossiya 3:0

Gollar: 1:0 – 22 Saul, 2:0 – 47 Diyego Kosta, 3:0 – 90 Koke.
Atletiko – Verner, Xuanfran, Lyuka Ernandes, Ximenes, Filipe Luis, Parti, Saul, Koke, Korrea (Torres, 75), Grizmann (Vitolo, 67), Diyego Kosta (Gameyro, 75).
Lokomotiv – Gilerme, Peychinovich, Kverkveliya, Chorluka, Rybus, Denisov, Ignatev (Lysov, 53), Miranchuk (Kolomeytsev, 71), Fernandesh, Miranchuk, Eder.
Ogohlantirishlar: Miranchuk (34), Korrea (66), Saul (84).

Borussiya D Germaniya – Red Bull Avstriya 1:2

Gollar: 0:1 – 49, penalti Berisha, 0:2 – 56 Berisha, 1:2 – 62 Shyurrle.
Borussiya D – Byurki, Toprak, Papastatopulos, Shmeltser, Kastro, Gettse (Pulishich, 61), Vaygl, Shyurrle, Daud, Roys, Batshuayi (Filipp, 61).
Red Bull – Valke, Ramalo, Ulmer, Layner, Chaleta-Tsar, Edara (Yabo, 90), Samasseku, Shlager (Minamino, 73), Berisha, Xvan Xi Chxan (Gulbrandsen, 69), Dabur.
Ogohlantirishlar: Toprak (48), Layner (59), Shyurrle (70), Chaleta-Tsar (79), Minamino (88), Vaygl (89).

TsSKA Rossiya – Lion Fransiya 0:1

Gol: 0:1 – 68 Marselo.
TsSKA – Akinfeyev, Berezutskiy, Ignashevich, Nababkin, Kuchayev, Dzagoyev (Bistrovich, 82), Vernblum, Milanov (Vitino, 73), Golovin, Natxo, Musa (Chalov, 87).
Lion –    Antoni Lopesh, Marselo, Marsal, Tete, Morel, Auar, Tuzar, Traore (Korne, 76), Ndombele, Depay (Maolida, 85), Dias (Mendi, 89).
Ogohlantirishlar: Nababkin (30), Natxo (59), Tuzar (88), Korne (90).

Top