Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobulda masjid yonidagi portlashda 9 kishi halok bo‘ldi – OAV
9 mart kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul g‘arbida joylashgan shialar masjidi yaqinida sodir etilgan portlash oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi yaralandi. “Bu haqda Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Nusrat Rahimiyga iqtibos keltirgan holda Tolo News telekanali xabar berdi.
Rahimiyning aytishicha, xudkush terrorchi afg‘on shialarining sobiq yetakchisi Abdulloh Ali Mozoriy o‘limining bir yilligiga bag‘ishlangan marosim o‘tayotgan Mo‘salla-a-Mozor-zal yaqinida o‘zini portlatgan. Portlash yuqori lavozimli mansabdor shaxslar ishtirok etgan marosim joyidan 300 metr uzoqlikda joylashgan nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida yuz bergan.
Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, 22 kishi yaralangan.
Mavzuga oid
10:11 / 13.03.2026
Afg‘oniston Pokistonning Kobulga zarbalari oqibatida qurbonlar borligini ma’lum qildi
11:46 / 28.02.2026
Isroil Eronga zarba berdi
09:54 / 27.02.2026
Qozog‘istonda «Osh markazi»da portlash: olti kishi halok bo‘ldi
07:58 / 27.02.2026